
O’zbek - 32
GRIL
Grilning qizdiruvchi elementi pech ichki kamerasining shipi ostida joylashgan. U pech eshikchasi yopiq va
patnis aylanayotgan vaqtda ishlaydi. Patnisning aylanishi taomning tekisroq qizartirilishini ta'minlaydi. Agar
gril avvaldan 3-4daqiqa davomida qizitib olinsa, tayyorlanayotgan taom tezroq qizaradi.
Gril uchun oshxona anjomlari:
Tarkibida metall mavjud bo'lgan issiqqa chidamli idishdan foydalanish mumkin. Plastmassa idishdan
foydalanmang, chunki u erib ketishi mumkin.
Gril rejimida tayyorlash mumkin bo'lgan taomlar:
Ezilgan go'shtlar, sardelkalar, bifshtekslar, gamburgerlar, bekon bo'laklari va son go'shtlari, baliqdan
steyklar, sendvichlar va tostlardagi gazaklarning barcha turlari.
Muhim izoh.
Agar faqat gril rejimi ishlatilayotgan bo'lsa, grilning qizdiruvchi elementi pechning ust qismining ostida
gorizontal holatda ekanligiga, va orqa devorida vertikal holatda emasligiga ishonch hosil qiling. Ko'
rsatmalarda boshqacha ko' rsatilmagan bo'lsa, mahsulotlarni yuqori polkaga joylshtirish kerakligini esda
tuting.
MIKROTTO'LQIN+GRIL
Ushbu tayyorlash rejimi o' zida grildan kelayotgan issiqlik va mikroto' lqinlar bilan ta' minlanuvchi tayyorlash
tezligini birlashtiradi. U faqat pech eshikchasi yopiq va patnis aylanayotgan vaqtdagina ishlaydi. Patnisning
aylanishi tufayli tayyorlanayotgan taom bir tekis qizartiriladi. Pechning bu modelida tayyorlashning uch xil
birlashgan rejimi mavjud:
600 Vt + Gril, 450 Vt + Gril va 300 Vt + Gril.
Mikroto'lqin+Gril rejimi uchun oshxona anjomlari
Mikroto'lqinlarni o'tkazuvchi oshxona anjomlaridan foydalaning. Oshxona anjomi issiqqa chidamli bo'lishi
kerak. Birlashgan rejimda tarkibida metall mavjud bo'lgan oshxona anjomlaridan foydalanmang. Plastmassa
idishdan foydalanmang, chunki u erib ketishi mumkin.
Mikroto'lqin + Gril rejimida tayyorlash mumkin bo'lgan taomlar:
Birlashgan rejimda tayyorlash mumkin bo'lgan taomlarga isitish va qizartirish kerak bo'lgan (masalan,
pishirilgan makaron mahsulotlari) hamda yuqorisini qizartirish uchun ozgina tayyorlash vaqti talab qilinadigan
mahsulotlar kiradi. Ushbu rejimdan yana tepasida tillarang qarsillovchi qatlam hosil bo'lsa, mazaliroq
bo'ladigan taomlarning (masalan, tovuq bo'laklari, ular tayyorlash vaqtining yarmi o'tishi bilan ag'dariladi)
qalin porsiyalarini tayyorlash uchun ham foydalanish mumkin. Ko'proq ma'lumotlar olish uchun grildan
foydalanib tayyorlash jadvaliga qarang.
Muhim izoh.
Mikroto'lqin+Gril rejimi ishlatilayotda grilning qizdiruvchi elementi pechning ust qismining ostida gorizontal
holatda ekanligiga va orqa devorida vertikal holatda emasligiga ishonch hosil qiling. Ko' rsatmalarda
boshqacha ko' rsatilmagan bo'lsa, mahsulotni yuqori polkaga joylshtirish kerak. Boshqa hollarda uni
bevosita aylanuvchi patnis ustiga qo'yish kerak. Keyingi jadvaldagi ko'rsatmalarga qarang.
Agar mahsulotni har ikkala tomonidan qizartirish talab qilinsa, uni ag'darib qo'yish kerak.
Muzlatilgan mahsulotlarni tayyorlash uchun grilni ishlatish bo'yicha qo'llanma
Jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari va vaqt oraliqlaridan gril rejimida tayyorlash uchun
qo'llanma sifatida foydalaning.
Yangi
mahsulotlar
Porsiya Quvvat 1 tomon uchun sarf. vaqt
(daq.)
2 tomon uchun sarf.
vaqt (daq.)
Bulochkalar
(50g qadoq)
2 dona - 300 Vt + Gril (1-1½) Faqat gril (1-2)
4 dona - 300 Vt + Gril (2-2½) Faqat gril (1-2)
Ko'rsatmalar
Bulochkalarni pastki polkada aylana shaklida joylashtiring. Bulochkalarni grilda ikkinchi
tarafida kerakli qatlam paydo bo'lguncha tayyorlang. 2-5 daqiqa kuting.
Baget + masalliq
(pomidor,
pishloq, vetchina,
qo'ziqorin)
250-300 g
(2dona)
450Vт + Gril 8-9 -
Ko'rsatmalar
2 muzlatilgan bagetni polkaga yonma-yon joylashtiring. Grilda tayyorlashdan keyin 2-3
daqiqa kuting.
Dimlangan taom
(sabzavot yoki
kartoshka)
400g 450Vт + Gril 13-14 -
Ko'rsatmalar
Muzlatilgan taomni pireks shishadan yumaloq tarelkaga qo'ying. Tarelkani polkaga
qo'ying. Tayyorlashdan keyin 2-3 daqiqa kuting.
Makaron
mahsulotlari
(pasta)
(masalliqli
naychalar,
makaron,
lazanya)
400g - 600 Vt + Gril (14-15) Faqat gril (2-3)
Ko'rsatmalar
Muzlatilgan pastani pireks shishadan kichik to'rtburchak tarelkaga qo'ying. Tarelkani
aylanuvchi patnisga joylashtiring. Tayyorlashdan keyin 2-3 daqiqa kuting.
Bulab pishirilgan
tovuq file
bo'laklari
250 g 450Vт + Gril 5-5½ 3-3½
Ko'rsatmalar
Tovuq sharchalarini pastki polkaga qo'ying. Birinchi tsikldan keyin aylantiring.
Pechda
tayyorlangan
chipslar
250 g 450Vт + Gril 9-11 4-5
Ko'rsatmalar
Chipslarni pishiriqlar uchun mo'ljallangan qog'ozda pastki polkaga joylashtiring.
FG87SSTR_BWT_DE68-04371A-02_RU+UK+KK+UZ.indb 32 2017-12-11 12:08:04
Komentarze do niniejszej Instrukcji