Samsung ME731KR Instrukcja Użytkownika Strona 82

  • Pobierz
  • Dodaj do moich podręczników
  • Drukuj
  • Strona
    / 96
  • Spis treści
  • BOOKMARKI
  • Oceniono. / 5. Na podstawie oceny klientów
Przeglądanie stron 81
10
O'ZBEKCHA
MUAMMO VA SHUBHALAR PAYDO BO'LGANDA NIMA
QILISH KERAK
Quyidagi muammolar paydo bo'lganida aytilgan yechimlardan foydalaning.
Bu normal holatdir.
• Pechning ichki devorlarida kondensatning borligi.
• Eshikcha yoki tashqi qoplam atrofidagi havo oqimi.
• Eshikcha yoki tashqi qoplam atrofidagi yorug'lik shu'lalari.
• Eshikcha perimetri bo‘ylab yoki ventilyatsiya tirqishlaridan chiqayotgan
bug‘.
СТАРТ (Start) ( ) tugmachasini bosganda pech yoqilmayapti.
• Eshikcha qattiq yopilganini tekshiring.
Taom umuman tayyorlanmayapti.
• Taymer to'g'ri o'rnatilganini va СТАРТ (Start) ( ) tugmachasi
bosilganligini tekshiring.
• Eshikcha qattiq yopilganini tekshiring.
• Elektr tarmog‘idagi yuklama oshirib yuborilmaganini, eruvchan saqlagich
kuymaganligin, yoki himoya avotmatining ishlab ketmaganini tekshiring.
Taom haddan tashqari pishib ketgan yoki yaxshi pishmagan.
• Taomning ushbu turi uchun tayyorlanish vaqti to‘g‘ri tanlanganligini
tekshiring.
• Taomning ushbu turi uchun quvvatning tegishli darajasi tanlanganligini
tekshiring.
Pechda uchqunlanish va qarsillash kuzatilmoqda.
• Metall bezagi bor idishdan foydalanmayotganligizni tekshiring.
• Pechka ichida vilka yoki boshqa metall predmeti qoldirmaganingizni
tekshiring.
• Alyuminiy folga ichki devorlarga juda yaqin turmaganligini tekshiring.
Pech radio yoki televizorlarning ishida shovqin hosil qilyapti.
• Pech ishlayotgan paytda televizor yoki radioning ishida kuchsiz
shovqinlar kuzatilishi mumkin. Bu normal holatdir. Bunday muammoning
oldini olish uchun pechni televizorlar, radiolar yoki antennalardan
uzoqroqda o‘rnating.
• Agar pech mikroprotsessori shovqinlarga ta’sirchan bo‘lsa, unda
displeydagi ko‘rsatkichlar tashlab yuborilishi mumkin. Bu muammoni hal
qilish uchun tarmoq shnuri vilkasini rozetkadan uzing, keyin uni qaytadan
rozetkaga tiqing. Vaqtni yangidan belgilang.
Agar yuqoridagi ko’rsatmalar yordamidamuammoni hal qilib bo’lmasa,
Samsung kompaniyasining mijozlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha
mahalliy markaziga murojaat qiling.
TAOM TAYYORLASH VA ISITISH
Taomni tayyorlash vaisitish jarayoni quyida bayon qilinadi.
Pechni qarovsiz qoldirishdan avval parametrlarini ALBATTA tekshiring.
Mahsulotlarni aylanuvchi patnisning markaziga qo’ying va eshikchani
yoping.
1. СВЧ (Mikroto'lqinlar) tugmachasini bosing.
Natija: displeyda quvvatning maksimal darajasi
800 Vt ko'rsatiladi.
СВЧ (Mikroto'lqinlar) tugmachasini
quvvatning kerakli darajasini tanlaguningizgacha bosib
turing. Darajalar jadvali keyingi betda joylashgan.
2. Tayyorlash vaqtini 10 мин (Daq), 1 мин (Daq) va
10сек (Soniya) tugmalarini bosib o'rnating.
3. СТАРТ (Start) ( ) tugmachasini bosing.
Natija: pechkada chiroq yonadi va patnis
aylana boshlaydi.
Pech taom tayyorlash jarayoni
boshlaydi, u nihoyasiga yetishi bilan pech to'rt marta
tovush signalini beradi.
Hech qachon bo'sh mikroto'lqinli pechni ishlatmang.
ME731KR,ME732KR,ME733KR_BWT_DE68-03893L-03_UZ.indd 10 2013-11-28 �� 10:39:38
Przeglądanie stron 81
1 2 ... 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 ... 95 96

Komentarze do niniejszej Instrukcji

Brak uwag